Ilmiy xabarnoma

научный Вестник

170100, Universitet ko'cha 129 · Andijon shahri, O'zbekiston · 0(374) 223-88-30 · adu_xabarnoma@mail.ru

"Ilmiy xabarnoma — Научный вестник" jurnali aniq, tabiiy va ijtimoiy-gumanitar fanlar bo‘yicha ixtisoslashgan. Unda mutaxassis va olimlarning ilmiy va uslubiy ahamiyatga molik maqolalari, ilmiy axborotlari, ixtirolari, yangi ilmiy izlanishlar natijalarini ishlab chiqarishga qo‘llashga doir ilmiy tavsiyalari chop etiladi.

Jurnal falsafa, tarix, filologiya, pedagogika, fizika, kimyo va biologiya fanlari bo‘yicha Oliy Attestatsiya komissiyasining dissertatsiyalar natijalari yuzasidan ilmiy maqolalar e’lon qilinishi lozim bo‘lgan nashrlar ro‘yxatiga kiritilgan.

Andijon viloyati Matbuot va axborot boshqarmasi tomonidan 2009 yil 7 aprelda 04-039 raqam bilan ro‘yxatga olingan. Bir yilda to'rt marta muntazam chop etiladi.

Muassis: Zahiriddin Muhammad Bobur nomidagi Andijon davlat universiteti.

Tahririyat

Tahrir hay’ati raisi:

Yuldashev Akramjon Sultanmuradovich - biologiya fanlari doktori, professor

Ilmiy maslahatchi:

S.S.G‘ulomov - O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi akademigi

Muharrir:

Quronov Dilmurod Haydaraliyevich - filologiya fanlari doktori, professor

Tahrir hay’ati:

Aniq va tabiiy fanlar:


F. Arziqulov, fizika-matematika fanlari doktori
A.O‘rinov, fizika-matematika fanlari doktori, professor
M.To‘xtasinov, fizika-matematika fanlari doktori
S.Z.Zaynobidinov, fizika-matematika fanlari doktori, professor
I.N.Karimov, fizika-matematika fanlari doktori, professor
R.Ya.Rasulov, fizika-matematika fanlari doktori, professor
R.U.Aliev, texnika fanlari doktori, professor
I.R.Asqarov, kimyo fanlari doktori, professor
N.Madixonov, kimyo fanlari doktori, professor
I.Abdug‘afurov, kimyo fanlari doktori
T.A.Madumarov, biologiya fanlari doktori, professor
L.M.Saidboeva, biologiya fanlari doktori, professor
Q.T.Tojiboev, biologiya fanlari doktori, professor

Ijtimoiy-gumanitar fanlar:


A.Begmatov, falsafa fanlari doktori, professor
T.Ortiqov, falsafa fanlari doktori, professor
V.A.Alimasov, falsafa fanlari doktori, professor
R.Ro‘ziev, yuridik fanlari doktori, professor
Y.Rahimov, yuridik fanlari doktori, professor
M.Qirg‘izboev, siyosiy fanlar doktori, professor
I.Ergashev, siyosiy fanlar doktori, professor
K.Yunusov, siyosiy fanlar doktori
R.T.Shamsutdinov, tarix fanlari doktori, professor
Q.Rajabov, tarix fanlari doktori, professor
U.Abdullaev, tarix fanlari doktori
A.Sotvoldiev, iqtisod fanlari doktori, professor
Q.H.Muftaydinov, iqtisod fanlari doktori, professor
M.Boltaboev, iqtisod fanlari doktori
A.A.Qayumov, geografiya fanlari doktori, professor
A.Nig‘matov, geografiya fanlari doktori, professor
Yu.I.Ahmadaliev, geografiya fanlari doktori
Sh.H.Shahobiddinova, filologiya fanlari doktori, professor
A.Sh.Sobirov, filologiya fanlari doktori
G‘.M.Hoshimov, filologiya fanlari doktori, professor
S.R.Mirzaeva, filologiya fanlari doktori, professor
Y.Solijonov, filologiya fanlari doktori
Z.Azimova, pedagogika fanlari doktori
Sh.J.Yusupova, pedagogika fanlari doktori
N.Sh.Erkaboeva, pedagogika fanlari doktori
N.S.Safoev, psixologiya fanlari doktori, professor
Sh.R.Baratov, psixologiya fanlari doktori, professor

Mualliflarga

"ILMIY XABARNOMA – НАУЧНЫЙ ВЕСТНИК" JURNALIGA YUBORILUVCHI MAQOLALARINI RASMIYLASHTIRISH TALABLARI

1. Maqola boshlanishida Universal oʻnlik koʻrsatkich (OʻUK) beriladi.
Quyidagilar alohida qatordan boshlab beriladi:
1) maqola sarlavhasi
2) muallif(lar)ningfamiliyasi (toʻliq), ismi va otasi ismining bosh harflari;
3) maqolaning annotatsiyasi (probellar bilan birga 450-500 belgidan iborat), annotatsiya kursiv bilan beriladi va bir qator tashlagan holda asosiy matndan ajratiladi;
4) kalit soʻzlar (5–10 ta).

2. Maqola matni “Microsoft Word” dasturida “Times New Roman” 14 oʻlchamli shriftda, satrlar orasi bir interval, sahifa chetlari chapdan 3 sm, yuqoridan va pastdan 2 sm, chapdan 1,5 sm, xatboshi 1,25 sm qoldirib teriladi va elektron varianti bilan (fleshka yoki CDda) topshiriladi.

Maqola matnida boshqa shriftlardan foydalanilgan taqdirda bunday shriftlar muallif tomonidan elektron variantda tahririyatga taqdim etilishi lozim.

3. Maqolaning hajmi (rasm, jadval va diagrammalar bilan birgalikda) 8 sahifadan kam boʻlmasligi (annotatsiyalar, kalit soʻzlar va adabiyotlar roʻyxati bu hisobga kirmaydi) talab qilinadi. Jurnal uchun eng maqbul hajm 8-10 sahifa oraligʻida.

4. Agar maqolaga rasm, jadval, diagramma, sxema, chizma, turli grafik belgilar kiritilgan boʻlsa, ular oq-qora ranglarda chizilgan boʻlishi, aniq va ravshan tasvirlanishi, qisqartmalarning toʻliq izohi yozilishi lozim. Maqola matnida rang vositasida maʼno farqlashga xizmat qiladigan rasm, chizma va diagrammalarning boʻlishi mumkin emas.

Formulalar matnga maxsus kompyuter dasturlarida kiritilishi kerak.

5. Iqtibos yoki foydalanilgan adabiyotga havola matn ichida, koʻchirmadan soʻng iqtibos olingan asarning roʻyxatdagi tartib raqami va sahifasini kvadrat qavs ichida koʻrsatish orqali beriladi: [4. B. 78]. Foydalanilgan adabiyotlar maqola oxirida “Adabiyotlar” soʻzidan keyin matnda havola berilish tartibiga koʻra beriladi. Kitob, toʻplam, monografiyalarni berishda mualliflarining ism-familiyasi, manbaning toʻliq nomi, nashr koʻrsatkichi (shahar, nashriyot va nashr yili), umumiy sahifalar soni koʻrsatiladi. Jurnal maqolalari va boshqa davriy nashrlar uchun mualliflarning ism-familiyasii, maqola nomi, jurnal nomi, yili va soni, sahifa raqami koʻrsatiladi.

Maqolaga mualliflar haqida maʼlumot ilova qilinadi:
– muallif (lar)ning familiyasi, ismi va otasining ismi (toʻliq),
– ilmiy darajasi (agar boʻlsa),
– ish joyi, boʻlim, vazifasi (qisqartirmagan holda), masalan: QURONOV Dilmurod Haydaraliyevich – filologiya fanlari doktori, Andijon davlat universiteti oʻzbek adabiyotshunosligi kafedrasi professori. E-mail: kuronov@rambler.ru
– aloqa uchun telefon raqami.

Maqolaga ilova qilinuvchi ingliz tilidagi blok quyidagilarni oʻz ichiga oladi:
1) maqola nomi,
2) muallif(lar)ning familiyasi, ismi va otasi ismi, ish joyi, masalan: Dilmurod H. Quronov, Andijan State University (Andijan, Uzbekistan). E-mail: kuronov@rambler.ru,
3) kalit soʻzlar,
4) maqolaning avtoreferati (kengaytirilgan annotatsiyasi, probellar bilan birga 2500 – 3000 belgidan iborat) hamda ushbu avtoreferatning maqola yozilgan tildagi matni.

Avtoreferat janr talablariga mos boʻlishi zarur: maqolada qoʻyilgan muammo, uning qanday material va metodlar asosida tadqiq etilgani, tadqiqotning borishi, xulosalar mantiqiy izchillikda bayon etilishi kerak. Shu bilan birga maqola avtoreferatini ortiqcha nazariylashtirishdan qochish, unda olib borilgan tadqiqotning asosiy mohiyatini aks ettirish taqozo etiladi.

Foydalanilgan adabiyotlarning ingliz tilidagi varianti (References). Roʻyxatda avval muallif, asar nomi va nashr koʻrsatkichlari lotin yozuviga transliteratsiya qilinadi. Asar nomi transliteratsiyasidan soʻng kvadrat qavs ichida asar nomining inglizcha tarjimasi beriladi. Adabiyotlar roʻyxatining inglizcha varianti APA-2010 standarti boʻyicha tayyorlanishi zarur.

Jurnal sonlari(2019)

Aloqa

Tahririyat manzili:


170100, Andijon shahri, Universitet ko'chasi, 129
Telefon: 0(374) 225-08-31
Faks: 0(374) 223-88-30
Pochta: adu_xabarnoma@mail.ru
http://xabarnoma.adu.uz